Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Shanba, 27.04.2024, 23:41
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Turk oshxonasi » Suyuq taomlar » Ankaraning Shereflikochhisar rayoniga oid tovuqli sho'rva
Ankaraning Shereflikochhisar rayoniga oid tovuqli sho'rva
GuzalinaДата: Chorshanba, 27.03.2013, 14:49 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline


Tovuq sho’rva (Ankara, Sherefli Kochhisar nohiyasiga oid) 

5-6 kishilik

Bu sho’rva 3 etapda pishiriladi, boshda qiyin tuyulgandi menga ham lekin 1-2 marta qilib, mazasini olgandan keyin oson kela boshladi.

Masalliqlar:

1.   Tovuqning ko’krak qismidagi yumshoq joyidan 200-300 gr orasida go’sht
2.   3-4 qoshiq saryog’ 
3.   5-6 qoshiq un
4.   2-3 qoshiq salat yog’i
5.   2-3 tish sarimsoq
6.   1 qoshiq tomat
7.   Qaynoq suv

Tayyorlanishi:

1.   Tovuqning ko’krak qismidagi yumshoq go’shtlar olinib mo’l suvni ichida 1 soatga yaqin o’rta olovda qaynatiladi. Go’shtning mazali bo’lishi uchun suv qaynagandan keyin qozonga tuz soling. Go’shtlar yumshoq bo’lib pishgandan keyin qozondan suzib oling va sovuting. Sovugandan keyin go’shtni mayda mayda qilib qo’lingiz bilan titing. Qozondagi go’shtning qaynagan suvi sho’rvaning asl suvi hisoblanadi, shuning uchun suvni mo’l qo’ysangiz yaxshi bo’ladi.
 
2.   Bir tarafda 5-6 qoshiq unni 3-4 qoshiq saryog’ da(agar kam bo’lsa salatga solinadiga yog’dan ham qo’shishingiz mumkin) agar bor bo’lsa teflon tovada qovuring. Huddi o’zimizni holvaytar yoki, ataladay faqat unchalik qizarishi shart emas, pushti rangga kirishi bilan olovdan oling. Darrov keng tarelkaga solib yoyib qo’ying, yaxshilab sovusin. Chunki issig’ida sho’rva suviga solsangiz dumaloq dumaloq bo’lib, sho’rvani shakli buzilishi mumkin. 

3.   Boshqa bor tovada 1 qoshiq tomatni 2 qoshiq pista yog’ida yaxshilab qovuring. 
4.   Talabga qarab 2-3 tish sarimsoqni ezing.
5.   Yuqorida tovuq go’shtimizni maydalab titgan edik, uni qaynagan suviga qaytarib soling, orqasidan qovurilgan unni soling. Qaynab chiqishi 10-15 daqiqani olishi kerak. Siz sho’rvani qo’yiqligiga qarab qaynagan suv quyishingiz mumkin. Bular qaynab chiqqandan keyin ustiga qovurilgan tomatni solib qoshiq bilan yaxshilab aralashtiring. (Ovqat pishirayotganimda asosan taxta qoshiq ishlataman, sog’liq uchun foydali!) 

6.   Eng ohirida agar sarimsoq xohlaganlar bo’lsa sarimsoq ezib solinadi. 2-3 daqida qaynagandan keyin sho’rvamiz tayyor. Bu sho’rvaga lazzat bergan modalardan biri sarimsoq, unutmang! Ham sarimsoq juda foydali, bilasiz.
7.   Achchiq xohlaganlar quruq qalampir sho’rva pishgandan keyin ustiga solishlari mumkin.

MUALLIF ANSORA


 
FORUM » Turk oshxonasi » Suyuq taomlar » Ankaraning Shereflikochhisar rayoniga oid tovuqli sho'rva
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz