Assalom aleykum azizlarim. Hammangizni Eid bayrami bilan tabriklab oilamgizga tinchlik va sog'lik tilab qolib yana receptlar bilan ulashishga shoshayapman. Tannafus biroz cho'zilganligini sababi kompyuterim buzilganligi bo'ldi. Bu yuzdan telefon orqaliy recept qoyishga harakat qilmoqchiman in sha Allah.
Masalliqlar:
* 400-450gr yashil fasol (qaynatib pishirib olingan)
* 1dona qizil sabzi
* 1ch qoshiq uksus
* 1dona piyoz (yogda yumshoq qilib qovurib olingan)
* yarim choy qoshiq shakar
* yarim choy qoshiq tuz
* petrushka tabga kora
* 2-3 ta dona sarimsoq
Tayyorlash:
sabzini qirg' ichdan chiqazib, tuz shakar chesnokni solib, qolimiz bilan ezib 4-5minutga qoldiramiz. ortiqcha suvini tokib, qovurilgan piyoz, fasol, petrushka va uksus solib aralashtiramiz. va 1soatga qoldiramiz. Va yoqimli ishtaha!!