Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Dushanba, 29.04.2024, 23:24
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Uyda do'ner tayyorlaymiz
Uyda do'ner tayyorlaymiz
GuzalinaДата: Chorshanba, 27.03.2013, 12:18 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
Do’ner masalliqlari:

•   1 kg. Molning antrikot qismi yoki qo’yning son qismidan 
•   150 gr. Dumba yog’i
•   2 qoshiq zaytun yog’i
•   1 dona kichkina piyoz
•   2 qoshiq qatiq
•   0.5 qoshiq kiyik o’ti
•   1 qoshiq zira
•   1 choy qoshig’i murch, tuz
•   0.5 qoshiq garmdori 

Do’ner qanday tayyorlanadi?

•   Go’shtingizni qassobda ingichka shaklda tilimlating. 
•   Bir idishga piyozni qirg’ichingizni mayda tarafida maydalang.
•   Zaytunyog’i, qatiq va ziravorlarni qo’shib aralashtiring. Bu orada umuman tuz ishlatmang, go’sht qattiqlashadi. 
•   Tilimlangan go’shtlarni bu qorishmaga soling. Har tarafiga bu sous tegishi uchun qo’lingiz bilan qoring va idishni ichida qoldiring. 
•   Ustini tselofan bilan mahkam yopib, 1 kecha muzlatgichga qo’ying.
•   Ertasi kuni ertalab, men o’rta kattalikdagi naylon paketlardan foydalandim. Bu paketning tagini kesib oching. 
•   Marinovka qilingan go’shtni oralariga tuz sepib uzunlamasiga tering. 
•   Qattiq siqib, rulet shakliga keltiring. 
•   3 soat qadar takror muzlatgichning muzlatadigan qismida, keyin esa qachon pishiradigan bo’lsangiz 1 soat oldindan chiqarib ingichka qilib kesing. Faqat hamasini birdan kesmang. Qancha pishiradigan bo’lsangiz shuncha kesin. Tovaga birdan ko’p solsangiz suvi chiqib, xususiyatini yo’qotadi. 
•   Dumba yog’ini kichkina bo’laklarga bo’ling. Go’shtni necha marotaba pishiradigan bo’lsangiz shuncha bo’lakka bo’ling va har safarida go’shtni tovaga solmasdan oldin bir bo’lak to’g’ralgan dumba yog’ini solib, qovurib oling. So’ngra go’shtni solib, baland olovda qizarguncha pishirib oling. 



Qizlar, do'ner ta'rifini yuqoriga joylashtirdim. 
Bu rasm tayyorlashingizda sizga yordam beradi:



Bu esa Johida opadan maslahatlar:

•   Uyda tayyorlanadigan do’ner uchun go’shtning yumshoq qismlaridan tanlashingiz kerak. Buning uchun sırt va orqa son qismi eng ma’qul joyidir.
•   Dumba yog’i, go’shtning yana da yumshatishga yordam beradi. Dumba yog’i tabiiy yog’dir. Foydalanisning hech qanday zararli tarafi yo’q. Hatto bazi doktorlar margarinlarning o’rniga hayvonlarning ich yog’larini ishlatishni tavsiya etadilar. Bundan tashqari do’nerjiler ham dumba yog’i ishlatishadi. 
•   Sousiga qo’shilgan qatiq va zaytun yog’i, piyoz go’shtning yumshashida katta foyda beradi, lazzatini ortiradi. 

RECEPT MUALLIFI ANSORA


 
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Uyda do'ner tayyorlaymiz
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz