Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Payshanba, 16.05.2024, 21:20
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Albaniya "Patnis mantisi" :) -Arnavut mantısı.
Albaniya "Patnis mantisi" :) -Arnavut mantısı.
GuzalinaДата: Chorshanba, 27.03.2013, 11:39 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline


Nimaga Albaniya, sababi Albaniya bir paytlar Usmonli davlati hukmronligi ostida edi. 

Boya Alban usuli jigar qidirayotib, bu mantini korib qoldim, Umm_Yusuf qoygan mantiga judayam ohsharkan. Qarang, oshxona xalqaro... Menimcha sababi yana Usmonli davlati, chunki bir paytlar Misr ham Usmonli tuproqlari tarkibida edi, xozircha rasmiga qarab turinglar, vaqt topishim bilan yozaman tarifini:) 



Manba:http://arnavutcigeri.blogspot.com/2010/08/tepsi-mants.html

Arnavut “Patnis” mantisi. 

4 kishilik.

Masalliqlar: 

Xamiri uchun

•   2,5 stakan (500 gr) un
•   1 dona tuxum
•   0.5 qoshiq tuz
•   Olganichalik suv (qattiqroq xamir qoring)

Ichi uchun

•   300-350 gr. qiyma
•   1 dona piyoz.
•   Petrushka
•   Murch
•   Tuz

Ustiga:

•   1,5 stakan tovuq yoki mol go’shti suvi
•   1.5 stakan  suv ( tovuq suvi yo’q bo’lsa to'plam 3 stakan suv) ta’rifda 1 stakan, deyilgandi.
•   Biroz tuz.

Sousu için:

•   250 gr. qatiq
•   1-2 bo’lak sarimsoq
•   Biroz tuz
•   3 qoshiq saryog’
•   0.5 qoshiq garmdori
•   Quritilgan yalpiz
•   Sumax

Tayyorlanishi:

Unni elab, tuxumni chaqing, tuzini soling, iliq suvni oz oz solib xamirni qoring.
Qo’lga yopishmaydigan shaklda xamir qoribi ustini 15 daqiqa yopib qo’ying.
Bu orada siz mantini ichini tayyorlang. Piyozni qirg’ichdan o’tkazing. Petrushkani judayam maydalab to’g’rang. Qolgan masalliqlarni solib, qoring. 
Xamirni 3 ga bo’ling. 1mm qalinliginda oching. 
Xamirdan 3m qalinligida to’rtburchaklar kesing (chuchvaraday). Xamir bo’lagini ortasiga mittigina qiyma solib, ikki chetidan siqing. O’rtasi ochiq qolsin. Butun xamir bo’laklarini shu tahlit bukib bo’lgandan keyin ustiga saryog’ bo’lakchalari sepib chiqing (men unutibman) 
Oldindan isitilgan 180C lik duxovkada hamma tarafi qizarguncha pishiring, Pushti rang oladi. 
Bu orada 1.5 stakan tovuq yoki mol go’shti suvini 1.5 stakan suv bilan aralashtiring, biroz qaynating. 
Duxovkadan olgan issiq mantini ustiga issiq suvni tekis qilib to’king. O’chirilgan, lekin issiq duxovkani ichiga solib, mantilarning suvini shimishini kuting. Ta’rifda vaqti yozilmagandi, men 30 daqiqa kutdim. 
Ta’rifda boshqa bir idishga olib, deyilgan, men duxovkada pishirgan idishimga sous solib qo’ya qoldim  Sosu uchun sarimsoqni ezing, qatiqni ichiga solib aralashtiring. Saryog’ni ichida quritilgan yalpizni biroz qovurib, solishingiz mumkin. Xohlasangiz ustiga quruq seping. 

Yoqimli ishtaha. 





Sousiga qatiq bilan saryog. 

MATN MUALLIFI ANSORA


 
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Albaniya "Patnis mantisi" :) -Arnavut mantısı.
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz