Guzalina | Дата: Chorshanba, 27.03.2013, 11:34 | Сообщение # 1 |
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
| Masalliqlar:
4 dona kartoshka 3-4 qoshiq salat yog'i 200 gr qiyma 1 dona piyoz 500 gr qo'ziqorin 1 qoshiq tomat yarim bog' petrushka tuz, murch, istakka qarab garmdori.
Beshamel sousi uchun:
2 stakan sut 1 qoshiq saryog' 3 qoshiq un murch
Ustiga sepish uchun maydalangan pishloq (sır)
Tayyorlanishi:
Piyozni mayda to'grab, qiziga yog'da qovuring. Ustidan qiymani soling. Suvi chiqquncha yaxshilab qovuring. Tomatni soling, qovuring. Ketidan o'rta kattalikda togralgan qoziqorinlarni solib qovuring. Suvi chiqqandan keyin (men qopqogini yopib qovuraman) mayda togralgan petrushka, tuz, murch, garmdorini soling. Kartoshkalarni orta yiriklikda tograng. Duxovka idishingizni biroz yoglab, eng pastiga kartoshkani terib chiqing. Ustiga qoziqorinli qayladan solib, yoying. Qolgan kartoshkani qoziqorinni ustidan tering, qolgan qoziqorinli qaylani eng ustga yoying. 0.5 stakan suv solib, 200 darajali duxovkada 30 daqiqa qadar pishiring. Beshamel sousni tayyorlang, unni biroz yogda qovurib, sutni soling, qaynab chiqqandan keyin yana 2 daqiqa pishiring, tuz va murchini solib olovni ochiring. Duxovkadan chiqqan kartoshkani ustiga sousni yoying. Yana 15 daqiqa duxovkada tuting. Qirg'ichdan otkazilgan sırni yoyib, yana 10 daqiqa duxovkada pishloq erib, qizarguncha tuting.
Yoqimli ishtaha:)
MATIN MUALIFI ANSORA
|
|
|
Эти 0 пользователя(ей) поблагодарили Guzalina за это полезное сообщение: |
|
|