Guzalina | Дата: Chorshanba, 27.03.2013, 00:25 | Сообщение # 1 |
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
|
Baqlajonlar odatda ko'p yog' tortadi, shuning uchun bu taom sizga ancha yengillik beradi:)
Masalliqlar:
(6 kishilik)
1. 500 gr qiyma 2. 1 dona piyoz 3. 1,500 kg baqlajon 4. 0.5 bog' petrushka (istakka qarab, meni uyimda yo'g' edi solmadim, lekin solsam mazasi yana ham shirin bo'lardi) 5. istakka qarab ziravorlar: zira, murch, garmdori. 6. 0.5 qoshiq tuz (buyam istakka qarab oz yoki kam solinadi)
Ustidagi salati uchun.
2-3 dona pomidor. 3-4 dona bulg'ori 1 dona piyoz yog', tuz, 1 stakan suv
Tayyorlanishi:
Baqlajonlarni rasmda ko'rganingizday 0.5 sm qalinlikda tepadan pastga qarab bo'laklarga bo'ling, ustiga tuz sepib, 1 soat kuting, vaqt o'tgandan keyin yuvib, quriting.
Tost mashinkangizni qizdirib, baqlajon bo'laklarini har ikki tarafiga oz yog' surtib, qizartirib oling (men 3 daqiqa tutdim)
Kotlet masalliqlarini aralshtirib ulardan yarim yong'oq kattaligida bo'laklar olib, qizargan baqlajon bo'laklarini tor tarafiga qo'yib, rasmda ko'rganingizday o'rab chiqing.
Kotlet va o'ralgan kotletlarni duxovka idishingizga terib chiqing. Salat mahsulotlarini tograb, tuz seping kotletlarni ustidan sepib chiqing. 1 stakan suvni aylantirib sepib, ustini alyumin falga bilan yoki maxsus qopqog'ingiz bo'lsa yoping.
200 darajada 1 soat pishiring, bu vaqt o'tgandan keyin yana 20-30 daqiqa usti qizarguncha duxovkada ushlab turing.
Yoqimli ishtaha:)
RECEPT MUALLIFI ANSORA
|
|
|
Эти 0 пользователя(ей) поблагодарили Guzalina за это полезное сообщение: |
|
|