Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Payshanba, 16.05.2024, 16:53
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Adanaga oid "Sarimsoqli kotlet"
Adanaga oid "Sarimsoqli kotlet"
GuzalinaДата: Chorshanba, 27.03.2013, 00:24 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline


Bu kotlet Johida opaning "Mahalliy taomlar tadbiriga" qatnashgan yeguliklardan biri edi. Adanaga oid yeguliklar biz O'zbeklarga ham yoqadi, ziravorli, tomatli:) 

1-marta qilishimga qaramay judayam yaxshi bo'ldi, shukr. Asosiyni kotlet xamirini ta'rifda ko'rsatilgan o'lchamlarda va shaklda qilish. 

Masalliqlar:

Kotleti uchun:

2 stakan (400 gr) mayda bulgur
1 stakan un
1/3 stakan mannaya krupa (irmik)
0,5 qoshiq bulg'ori tomati (yo'q bo'lsa pomidorniki)
1 choy qoshig'i murch
1 choy qoshig'i tuz
1 stakan qaynagandan keyin biroz sovugan suv

Sousi uchun:

6-7 bo'lak sarimsoq
2 dona pomidor
2 qoshiq tomat (bulg'orini bolsa yanayam mazali boladi)
05 stakan salat yogi
0,5 qoshiq garmdori- istakka qarab kam yoki kop soling.
0,5 bog' petrushka 

Kotletlarni pishirish uchun:

6-7 stakan suv
0,5 limonni suvi



Tayyorlanishi:

1 stakan bulgurga 1 stakan qaynab, biroz sovugan suvni solib, aralashtiring va ustini yopib, 30 daqiqa bulgurni shishini kuting. 

Vaqt otgandan keyin bulgurga qolgan kotlet masalliqlarini aralshtirib, xamir qoring, xamir qorayotganda oz ozdan iliq suv toking. Men tahminan 0,5 stakan suv qoshdim. 

Xamirdan fındık kattaligida bolaklar olib, dumaloq shakl bering va ortasidan bostiring. Dumaloq kotletlarni kattaroq idishga bir-birini bosmaydigan shaklda terib chiqing. 



Kengroq qozonga 6-7 stakan suvni solib, qaynating, ichiga 0,5 limonni suvini siqing. Kotletlarni yarmini suvga soling. Tahminan 15-20 daqiqa qaynagandan keyin suv ustiga chiqqan kotletlarni yaxshilab suzib oling va keng idishga soling. 

Qaynab turgan suvga qolgan kotletlarniyam solib, pishirib oling, butun kotletlarni birlashtiring. 

Sousi uchun sarimsoqni ezing. Qizgan yogda sarimsoqlarni biroz qovuring, hidi taralsin. Tomatini soling, 1-2 daqiqa qovurib, qirgichdan otkazilgan pomidorlarniyam solib, 5 daqiqa qaynating. 

Sous issiqligida kotletlarning ustiga toking. Mayda togralgan petrushkalarniyam kotletlarni ustiga soling. 



Kotletlarni ezmasdan yana tepadan pastga qarab masalliqlarni aralashtiring. 

Kotletlar sousni yaxshilab shimishi uchun 1-2 marotaba aralashtiring va dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha. 



RECEPT MUALLIFI ANSORA


 
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Adanaga oid "Sarimsoqli kotlet"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz