Guzalina | Дата: Chorshanba, 27.03.2013, 00:19 | Сообщение # 1 |
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
|
Kerakli masalliqlar:
1 kg tovuqning yumshoq, suyaksiz goshti (kokrak qismi, odatda 1 dona ishlataman, 2 kishiga bemalol yetadi, siz kishi soniga qarab miqdorni belgilayverasiz)
Tovuqni marinovat (Turklar "tarbiya" deydi) qilish uchun kerakli narsalar:
Kiyik o'ti, zira, murch, zira, garmdori, tuz, 1 dona piyozni qirgichdan otkazib, suvini soling, 2 bolak sarimsoqni ezib soling, 3 qoshiq yog, 3 qoshiq sut, 0,5 qoshiq tomat.
Tayyorlanishi:
Tovuq goshtini orta yiriklikda (sixdan tushmaydigan kattalikda) tograymiz, butun ziravor va kerakli masalliqlarni solib aralashtiramiz va 3 soatga yaqin muzlatgichga solib qoyamiz. Ertaroq qilsangiz ham boladi, lekin kamida 3 soat tursa yana da mazali boladi.
Vaqt otgandan keyin goshtlarni sixga terib, tost mashinkasiga terib, orta (men 2 nomerda pishiraman) issiqlikda pishirib olasiz. Tost mashinkasini biroz yoglab olsangiz umuman yopishmaydi.
Yoqimli ishtaha:)
Eslatma: Sixning eng boshi va eng ohiridagi gosht bolaklari odatda sekin pishadi, u yerdagi bolaklarniyam yaxshi pishishi uchun tosterni qopqogini 2-3 daqiqa yoping!
RECEPT MUALLIFI ANSORA
|
|
|
Эти 0 пользователя(ей) поблагодарили Guzalina за это полезное сообщение: |
|
|