Assalomu alaykum
assalam
Tovuq go'shtli kotletlarni judayam yaxshi ko'raman. Uyingizda bor sabzavotlardan siz ham tayyorlab ko'ring, xush ta'mi va yengilligi bilan sizlargayam yoqadi, degan umiddaman.
Masalliqlar:
500 gr tovuq go'shti (file)
1 dona sabzi
1 dona qovoq (kabachok)
2-3 dona ko'k piyoz
Bir tutam ukrop
Bir tutam petrushka
1 qoshiq tuz
1/3 stakan kotletlik mayda bulgur
bulgurni ivitish uchun 1/3 stakan qaynagan suv
Biroz: murch, zira.
Kotletlarni qovurib olish uchun 0.5 stakan yog'.
Добавлено (08.04.2013, 11:47)
---------------------------------------------
Tayyorlanishi:
Avvalo bulgurimizni ivitamiz.
Bulgurga rasmda ko'rganingizday qaynagan suv solib, shishini kuting.
Siz bu orada tovuq go'shtini maydalab oling. Sabzavotlardan qovoq va sabzini qirg'ichdan o'tkazing,ukrop, petrushka va piyozni maydalab to'g'rang.
Butun sabzavotlarni tayyorlab bo'lgandan keyin shishgan bulgur bilan ziravorlarni qo'shib aralashtiramiz va 15-20 daqiqa ustini yopib qo'yamiz.
Добавлено (08.04.2013, 11:48)
---------------------------------------------
Vaqt o'tgandan keyin kotlet shakllari yasab olamiz:
Tovamizga yog'imizni solib, qizdiramiz va kotletlarimizni o'rta olovda qovurib olamiz:
Kotletlarimiz tayyor, yoqimli ishtaha:)