Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Seyshanba, 30.04.2024, 01:20
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Sabzavotli, tovuq go'shtli kotletlar.
Sabzavotli, tovuq go'shtli kotletlar.
AnsoraДата: Dushanba, 08.04.2013, 11:48 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Пользователи
Сообщений: 125
Статус: Offline
Assalomu alaykum

 assalam



Tovuq go'shtli kotletlarni judayam yaxshi ko'raman. Uyingizda bor sabzavotlardan siz ham tayyorlab ko'ring, xush ta'mi va yengilligi bilan sizlargayam yoqadi, degan umiddaman.

Masalliqlar:

500 gr tovuq go'shti (file)
1 dona sabzi
1 dona qovoq (kabachok)
2-3 dona ko'k piyoz
Bir tutam ukrop
Bir tutam petrushka
1 qoshiq tuz
1/3 stakan kotletlik mayda bulgur
bulgurni ivitish uchun 1/3 stakan qaynagan suv
Biroz: murch, zira. 
Kotletlarni qovurib olish uchun 0.5 stakan yog'.

Добавлено (08.04.2013, 11:47)
---------------------------------------------
Tayyorlanishi:

Avvalo bulgurimizni ivitamiz. 



Bulgurga rasmda ko'rganingizday qaynagan suv solib, shishini kuting. 



Siz bu orada tovuq go'shtini maydalab oling. Sabzavotlardan qovoq va sabzini qirg'ichdan o'tkazing,ukrop, petrushka va piyozni maydalab to'g'rang. 



Butun sabzavotlarni tayyorlab bo'lgandan keyin shishgan bulgur bilan ziravorlarni qo'shib aralashtiramiz va 15-20 daqiqa ustini yopib qo'yamiz. 

Добавлено (08.04.2013, 11:48)
---------------------------------------------
Vaqt o'tgandan keyin kotlet shakllari yasab olamiz:



Tovamizga yog'imizni solib, qizdiramiz va kotletlarimizni o'rta olovda qovurib olamiz:



Kotletlarimiz tayyor, yoqimli ishtaha:) 

 
FotimaДата: Dushanba, 08.04.2013, 12:38 | Сообщение # 2
Oshpaz
Группа: Пользователи
Сообщений: 147
Статус: Offline
Assalomu alekum, Ansora opa rosa chiroyli ishtahali chiqibdi,qo'llariz dard ko'rmasin.
savolim: tuhum qo'shilmidimi yoyilib ketmidimi,nima ushab turadi bu kotletni,javob uchun rahmat.
 
AnsoraДата: Dushanba, 08.04.2013, 12:46 | Сообщение # 3
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Пользователи
Сообщений: 125
Статус: Offline
Valaykum assalom, Alloh rozi bolsin Fotimaxon. Bulgur qoshamizku shu ushlab turadi, vitamin sifatida tuxum ham qoshsangiz boladi:) bulgurni bilsangiz kerag a?
 
FotimaДата: Dushanba, 08.04.2013, 13:03 | Сообщение # 4
Oshpaz
Группа: Пользователи
Сообщений: 147
Статус: Offline
Rahmat javobiz uchun Ansorapa bir marketladan qidirib ko'rsam bo'larkan,rosa yegim keldi,retsept un rahmat.
 
AnsoraДата: Dushanba, 08.04.2013, 13:04 | Сообщение # 5
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Пользователи
Сообщений: 125
Статус: Offline
Arzimadi, bulgur judayam foydali, ayniqsa kamqonlikka. Bugdoyni maydalangani.
 
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Sabzavotli, tovuq go'shtli kotletlar.
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz