Guzalina | Дата: Payshanba, 27.06.2013, 14:27 | Сообщение # 1 |
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
|
Bu salatni bunday nomlanishini sababi to'yimli, chiroyli va eng kerakligi juda ham mazzaliy salat, hich kimni bu salat be farq qoldirmaydi. iftorlik dasturxonida oilangizni sevimli mehmoni bo'ladi degan umiddaman insha Allah!!!
Kerakli mahsulotlar:
150gr dudlangan go'sht ( yoki dudlangan kolbasa, dudlangan tovuq) 2ta kartoshka (o'rta bo'yli) 2ta qizil sabzi ( kichkina yoki 1ta katta) 2ta bodring 3ta pamidor yarim bog' ukrop moyonez tuz
Go'shtni salomka shaklida to'g'raymiz, sabzi va kartoshkani pishirib olib qirg'ichni katta tishidan o'tqazib olamiz, bodringni ham qirg'ichdan o'tqazamiz, pamidorni ham salomka shaklida to'g'raymiz. hammasini qavat qavat qilib orasiga moyonez va tuz sepib tahlab chiqamiz... 1 qavat go'sht 2 qavat bodring 3 qavat kartoshka 4 qavat sabzi 5 qavat pamidor, ukrop
va yoqimli ishtaxa!!!
Bu aralashganda...
Qoshimcha: hohlovchilar suharik, va pishloq qo'shishingiz mumkun. kartoshka va sabzini men oson yo'l bilan pishirib olaman, bu usulni sizga ham aytib ketmoqchiman: sabzini va kartoshkani artib 2-3 ga bo'lib mikroto'lqin uchun mo'ljalangan idishga solib ustini yopib, 10 minutga mikrotolqinga qo'yasiz va tayyor!!!
|
|
|
Эти 0 пользователя(ей) поблагодарили Guzalina за это полезное сообщение: |
|
|