Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Payshanba, 02.05.2024, 20:50
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Taomlar » Qo'y go'shti, qiyma, baliq va mol go'shtidan taomlar » Tok osh
Tok osh
RumaysoДата: Juma, 29.03.2013, 13:15 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 460
Статус: Offline
Tok osh.



Bu taomni menga onamlar o'rgatganlar,lekin men o'zgartirishlar kiritib o'zimga moslab olganman.
Bolajonlarning sevimli taomi bo'libgina qolmay kattalar ham befarq bo'la olmaydigan taom..
Milliy taomimiz palovxonto'ra bilan ham tortiq qilinadi gohida,lekin o'zini yeganda mazasi o'zgacha bir ta'mga egadir.Vitaminlarga boy taomlardan biri-tok oshi.

Kerakli masalliqlar:

   *yarim cho'mich pista (o'simlik,zig'ir) yog'i
   *1 kosa qiyma
   *1 piyola guruch
   *1 bonka konservalangan tok bargi
   *2-3 dona kartoshka
   *2 dona piyoz
   *1 dona qizil sabzi
   *5-6 dona sarimsoq piyozi
   *1 osh qoshiq tomat pastasi
   *ta'bga ko'ra ziravorlar:
                                     -yanchilgan kashnich urug'i
                                     -zira
                                     -murch
   *tuz
   *lavr yaprog'i
   *1 dona tuhum


Tayyorlanishi:

Qozonga yog' solib 

1 dona to'g'ralgan piyoz solib,yaxshilab qovurib o'ldiriladi

ketidan kartoshka solinadi

so'ngra sabzi..

..tomat pastasi a chesnok solinadi

tuz va ta'bga ko'ra ziravor solib yaxshilab qovurib suv solib qaynatib ,
olovni pastlatib qo'yiladi.

qozondagi masalliq qaynab pishgunga qadar tok barglarimizga ishlov berib o'rab chiqamiz..
buning uchun:
Guruchni yuvib qiyma,1 dona to'gralgan piyoz,tuhum,tuz va ziravorlar bilan tog'orachamizga solib yaxshilab aralashtiramiz.
(Tuz ta'bga ko'ra)

Qiymamiz tayyor.

(qozonga lavr yaprog'ini solib qo'yamiz bu orada)
Tok barglarini olib iliq suvda chayib tashlaymiz(ehtiyot bo'ling,barglar yirtilib ketmasin!).
va 1 donasini olib keragicha qiymadan solamiz

keyin

mana bunday qilib


o'raymiz


har bir tok bargini shu shaklda o'rab chiqib,likobchaga chiroyli qilib terib chiqamiz

va qozonga terib chiqamiz(men avval qozondagi suv tuzini ko'rib rostlab olaman)

qozondagi suv toklarni ko' kerak birmuncha,agar shunda qozondagi suv kamlik qilsa
qaynagan suvdan ozgina kapkir ustidan quyib yuboramiz.

va olovni balandroq qilib suv qaynab chiqishini kutamiz.

suv qaynagach sal pasaytirib shu olovda yana biroz qaynatamiz.
keyin olovni pastlab 20-30 daqiqa qozon qopqog'ini yopib dimlab qo'yamiz.
Pishgach ehtiyotkorlik bilan tok donachalarini terib olamiz. 
Taomimiz tayyor!
Dasturhonga biror yangi salat bilan yoki pomidor-bodring bilan tortiq qilsa ayni muddao bo'ladi,
Yoqimli ishtaha!
 



 
FORUM » Taomlar » Qo'y go'shti, qiyma, baliq va mol go'shtidan taomlar » Tok osh
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz