assalom aleykum aziz forumdoshlarim va saytimiz mehmonlari! Oz muddat tanaffuzdan so'ng yana safingizga qaytganimdan bag'oyatda mamnunman
Bugun sizga o'zimni uslubim Turkcha somsa tayyorlashni o'rgataman. Mehmonlarni va oila a'zolaringizni bu somsalar bilan hursand qilishingiz mumkun maylin va mazzalik in waa Allah
Qatiq+qaymoq aralashtiramiz va hamirturush solamiz. Boshqa idishda saryog'+pista yog'i+un+tuz uqalab olamiz. va unli aralashmaga qatiqli aralashmani solib hamir qoramiz. hamirni 30 minutga muzlatkichga qo'yamiz. Ungachan qiymasini tayyorlab olamiz. Qiymaga piyozni eng mayda tishli qirg'ichdan chiqazib tuz murch zira solib aralashtirib olamiz.
Hamirni olib 14ta dumaloq zuvalachalarga bo'lib olamiz qiymani ham 14ga bolib qoysan boladi tayyor qilib.
Zuvalachalarni uzunasiga yoyib qiyma solib "konfet"ga o'xshatib tugib chiqamiz.
Hammasini tugib bolganda tuhum sarig'ini surtib ustiga murch sepib 180C darajada chiroyli qizarib pishguncha pishirib olamiz.
menda tahminan 30-35 minutda pishadi. va yoqimli ishtaxa!!!