"Kutabi" bu Azarbayjonlarning varaqi somsasi desa ham buladi, juda ham mazzaliy, foydaliy va to'yimli yegulik. qiymasini turli hil qilsa bo'ladi masalan; pishloq+ko'kat, qovoq+ ko'kat, ko'kat+anor, bugun men o'zimizni ko'k somsamizga o'xshatib yalpiz qo'shib pishirganimni havola qilaman
Demak kerak bo'ladigan mahsulotlar:
Hamiri uchun: * un 3ta stakan * o'simlik yog'i 6ta osh qoshiq * shakar yarim choy qoshiq * tuz 1 choy qoshiq to'la emas * yumshoq hamir bo'lgunicha sovuq sut (suv qo'shsa ham bo'ladi)
Tayyorlash: idishga hamma quruq maxsulotlarni solib yog'ni 4 osh qoshig'ini solib asta asta sut qoshib hamir qoramiz, yumshoq hamir bulib qo'lga yopishmaydigan bo'lganida, qolgan yog'ni qoshib yaxshilab 6-7 minut qorib ustini yopib tindiramiz. tahminan 20 minut. hamir tingunicha qiymasini tayyorlaymiz.
Qiyma: * piyoz 1ta katta * ismaloq 1 bog' * yalpiz 1 bog' * petrushka yarim bog' * ukrop yarim bog'
Tayorlash: piyozni yogda qizartirib...
ko'katlarni solamiz yomshaguncha qovuramiz...
p.s: qiyma qovurganda tuz solinmaydi, aksxolda ko'katlarni suvi chiqib ketadi.
120gr saryoqni eritib qo'yamiz...
tayyor hamirni 14ta zuvalachalarga bo'lamiz, yoyamiz...
qiymani solib, har biriga tuz sepamiz qiymani ustidan...
birinchi barmog'imiz bilan yopib chiqib keyin vilka bilan mana bunaqa chiroyli qilib ezib chiqamiz...
qizib turgan tovada yog'siz qizartirib qovuramiz 2ta tarafini...
har pishgan "kutab"larni sayroq (ayamasdan surting saryoqni, yog'liq bo'ib ketmaydi) sutib taxlab chiqasiz, ustma ust. taom tayyor issiqligida tortamiz, yoqimli ishtaxa