Guzalina | Дата: Chorshanba, 27.03.2013, 14:44 | Сообщение # 1 |
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
|
Masalliqlar:
1 litr sut 1.5 stakan (300 gr) shakar 100 gr saryog’ 1 stakan un 1 paket (8gr) vanilin 1 paket kakaoli pechen’ye (200 gr) 3 dona banan
Tayyorlanishi:
Saryog’ni qozonda eriting, unni solib, o’rta olovda biroz qovuring. Pushti rang olgandan keyin sovuq sutni soling. Tez tez aralashtirmasangiz, dumaloq bo’lib qolishi mumkin. Shakarni soling. Sut qaynab, qo’yiqlasha boshlagach vanilinni soling. 3-4 daqiqa qaynagandan keyin olovdan olib, sovuting. Pechen’yelarni maydalang. Unday bo’lgandan keyin duxovka listinga yoying. Sutli qorishimni mikserda 10 daqiqa atrofida aralashtiring. Qorishimni pechen’yelarni ustiga tekis qilib yoying. Listni ustini yopib, 5-6 soat muzlatgichga solib qo’ying. Vaqt o’tgandan keyin listdagi sutli qorishimni to’rtburchak shakllarga bo’ling (men 8 ga bo’ldim). Bo’laklarga bo’lingan bananni tortburchak shakllarni boshiga qo’yib, rulet shaklida o’rang. Men ustiga maydalangan yong’oq sepdim, xohlaganlar shokolad eritib quyishlari ham mumkin. Judayam oson va mazali shirinlik, tavsiya etaman
MUALLIF ANSORA
|
|
|
Эти 0 пользователя(ей) поблагодарили Guzalina за это полезное сообщение: |
|
|