Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Dushanba, 29.04.2024, 22:27
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Yashil merjimekli, bulgurli palov.
Yashil merjimekli, bulgurli palov.
GuzalinaДата: Chorshanba, 27.03.2013, 12:06 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
Yashil merjimekli bulgur palovi

Masalliqlar: 

4-5 kishilik
2 stakan (400 gr) bulgur
1 stakan yashil merjimek 
3-4 qoshiq saryog’
1 qoshiq tuz
1 qoshiq tomat
4 stakan suv 

Tayyorlanishi:

Yashil merjimek qaynab pishayotganda o’zidan qoramtir suv chiqaradi va bulgurdan kech pishgani uchun oldin 1 stakan merjimekni 2-3 stakan suvda qaynatib, pishirib olamiz. Pishgandan keyin suzamiz. 
Qozonga 3-4 qoshiq sarygo’ni solib, qizgandan keyin tomatni solib qovuramiz, qaynagan 4 stakan suvni solib 1-2 daqiqa qaynatib olamiz, 2 stakan bulgurni solamiz, ketidan pishib, suzilgan merjimekni solib aralashtiramiz, tuzini qo’shamiz. Qozonni qopqog’ini yopib, o’rta olovda pishishini kutamiz. Orada bir qarab, aralashtirishingiz mumkin, agar suvi tez kamayganini his qilsangiz, qaynagan 0.5 stakan suv soling. Suvini tortib bo’lgandan keyin bulgurlar tagiga yopishmasdan olovni so’ndiring. Qopqog’ini yoping, bulgur o’zini issig’i bilan damlansin. 

Eslatma: bulgur palovini eng ko’p tayyorlanadigan usuli soddasi, ya’ni tomat solinadi faqat. Lekin siz xohlasangiz kartoshka, piyoz, bulg’orlarni qovurib qilsangiz ham bo’ladi. 
Bulgur palovi saryog’da boshqacha mazali bo’ladi. 
Bulgur pishishining eng oson yo’li o’zidan 2 barobar ko’p suv solasiz. Masalan 1 stakanga 2 stakan suv, 2 stakanga 4 stakan vhk. Bu usul bulgurni dona dona pishishini ta’minlaydi, lekin biroz yumshoq, biroz suvli pishishiniz xohlasangiz yuqorida berilgan o’lchovdan 1 stakan ko’p suv soling. 



MATN MUALLIFI ANSORA


 
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Yashil merjimekli, bulgurli palov.
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz