Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Dushanba, 29.04.2024, 20:55
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Mazali tovuq qovurmasi.
Mazali tovuq qovurmasi.
GuzalinaДата: Chorshanba, 27.03.2013, 12:04 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline


Mendan "tovuqni qanday pishirgansiz" deb ko'p so'rashadi. Javob berganman, lekin alohida mavzu qilsam, yana ham ko'pchilikka foydasi tegadi, degan umiddaman:) 

Siz kishi soniga qarab tovuqni tanlashingiz mumkin. Men odatda ko'krak qismini yeyman, uydagilar put qismini koproq yoqtirishadi, shuning uchun biz uchun eng maqbuli butun tovuqni maydalatib, qovurish:) 

1 dona- 2, 2.5 kilolik tovuq bemalol 5 kishiga yetadi, albatta yonida sho'rvasi, palovi, salati bilan:) lekin faqat tovuqni o'zini qovuraman, desangiz 3 kishiga yetadi. 

Siz bu qovurmani yoniga kartoshka pyure yoki kartoshka qovurma ham qilishingiz mumkin. 

Magazin yoki qassobda mayda bo'laklarga bo'lingan tovuqni uyda mo'l suvda yuvamiz, bu ham mayda suyaklardan tozalash, ham paketni ichidagi suvdan halos bo'lish uchun shart. 

1 qoshiq tuzni hamma joyiga tegadigan shaklda sepamiz, qo'lingiz bilan ishqalasangiz yana ham mazali bo'ladi, bizda- tuz yedi, deyishadiyu:) 

Men teflon qozon yoki tovada qilaman, keng va sayozini tanlayman idishlarni. Chunki tovuqlarni hammasi tovaga tegishi kerak, ana shunda bir xilda qizaradi va 1-2 marta 2 tarafini almashtirsangiz yetarli boladi. 

Biz tovuqni yuvganimizdan keyin zotan butun suvi suzilmaydi va tuz sepganimiz uchun yana ham suvlanadi. Shuning uchun tovaga ortiqcha suv qo'yishni keragi yoq. Tovuq suvini beradi va terisidagi yog' miqdori ham uning bemalol pishishida yetadi. O'rta olovga qo'ydik qozon yoki tovani. Qopqog'ini yoping albatta, ochiq qoldirmang, suvi qurib, tovuq pishmaydi. 

Men odatda 50 daqiqa, 1 soatga yaqin pishiraman. Hididan ham sezsaniz boladi pishganini. Agar suvi chiqmasa yoki tezda qurisa (chunki tovuq ham har xil boladi, yegan ozuqasiga qarab) shunda 0.5 stakan qaynagan suv quyishingiz mumkin va agar siz xohlaganday qizaravermasa 2 qoshiq salat yogi yoki saryog soling.

Yoqimli ishtaha:) 



MATN MUALLIFI ANSORA


 
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Mazali tovuq qovurmasi.
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz