Guzalina | Дата: Chorshanba, 27.03.2013, 12:02 | Сообщение # 1 |
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
|
Bu yegulik judayam oddiy, balki ichimizda ko'pchilik qilib yer buni. Lekin men qaynonamdan o'rganganim uchun bilmaganlarga foydasi tegar, degan maqsadda yozyabman:)
Nonushtamizni kechroq (hafta ohirlari) qilgan kunlarimiz bu yegulikdan qilishga harakat qilaman, ayniqsa hozirgi kunlarda butun sabzavotlar quyosh taftidan pishib yetilganida vitaminga boy bu sousmi desam, salatmi desam:)
Xullas, bu korganingiz 4 kishilik. 250 gr uzunchoq oz achchiq bulg'ori (bu yerlarda Jin biber deyishadi) bulg'orni uzun turi, desak ham bo'ladi, lekin buning orasida achchig'i aniq bo'ladi. Qalampir emas, lekin:)
Bulg'orlarni yuvib, quritib, oz yog'da 5 daqiqa qadar qovuramiz, ustiga esa 3-4 dona pomidorni qirg'ichdan o'tkazib solamiz, istakka qarab tuz seping, aralashtiring. Idıshingizni qopqog'ini yopib 10 daqiqa past olovda qaynating. Agar pomidorni suvi qo'yilmagan bo'lsa qopqog'ni ochib 5 daqiqa yana qaynating.
Bu salat-sousga non tekkizib yeyish jonu dilim:) oz-moz achchiq'i esa odamni ishtahasini ochadi...
Yoqimli ishtaha:)
MATN MUALLIFI ANSORA
|
|
|
Эти 0 пользователя(ей) поблагодарили Guzalina за это полезное сообщение: |
|
|