Guzalina | Дата: Chorshanba, 27.03.2013, 12:00 | Сообщение # 1 |
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
| Masalliqlar:
5-6 kishilik
400 gr qiyma 1 dona piyoz (qirg’ichdan o’tkaziladi) 1 dona tuxum 5-6 qoshiq qurutilgan non maydasi yoki 2 bo’lak nonni ich qismi 1 qoshiq tuz Istakka qarab ziravorlar: murch, garmdori, zira, kiyik o’ti Istakka qarab: petruska, ukrop
2 dona baqlajon Sousi uchun 2 stakan (400ml) qaynagan suv 1 stakan tomat 0.5 qoshiq tuz Kotlet va baqlajonlarni qovurish uchun yog’
Tayyorlanishi:
Kotlet masalliqlarini aralashtirib, 10 daqiqa ustini yopib qo’ying. Dumaloq shakllar yasang. Qizgan yog’da usti qotguncha qovurib oling. Baqlajonlarni o’rta kattalikda to’rtbuthchak to’g’rab, ularni ham yog’da qovurib oling.
Kotlet va baqlajonlarni duxovka idishiga yoki keng va sayoz qozonga soling. Sous masalliqlarini aralashtirib, kotletlarni ustidan quying. Duxovkada 40 daqiqa 200 darajada yoki qozonda qopqog’ini yopib, o’rta olovda 40-45 daqiqa pishiring. Yoqimli ishtaha:)
MATN MUALLIFI ANSORA
|
|
|
Эти 0 пользователя(ей) поблагодарили Guzalina за это полезное сообщение: |
|
|