Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Dushanba, 29.04.2024, 22:34
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Baqlajon pishloqli taom
Baqlajon pishloqli taom
GuzalinaДата: Chorshanba, 27.03.2013, 11:52 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline


Masalliqlar: 

500 gr baqlajon.
300 gr go'sht- men qo'y go'shti solgandim, tezroq pishgani uchun.
1 dona piyoz
1 qoshiq tomat
1 stakan qirg'ichdan o'tkazilgan sır (pishloqni qattig'i)
go'shtni va baqlajonlarni qovurish uchun yog'
tuz, xohlaganlar biroz murch va garmdori solishi mumkin.

Tayyorlanishi:

Baqlajonlarni rasmdagiday to'rtburchak to'g'rab, biroz tuz solingan suvni ichiga solib qo'ying, baqlajonni achchig'ini olsin. 15 daqiqa tursa yetadi. Siz bu orada go'shtini tayyorlang. 

Go'shtni mayda to'g'rab, maydalangan piyoz bilan asta-sekin qovuramiz, piyozni suvi chiqib go'shtni yumshatadi, keyin tomat solib qovuramiz, qozonni qopqog'ini yopib pishiraman odatda, pishay, deganda tuzi va ziravorlarini solamiz. 

Baqlajonlarni suvdan olib, bir suvda yuvib oling, suzing. Qog'oz sochiq bilan artib olsangiz qovurayotganda yog' sachrmaydi. 

Baqlajonlarni qovurib bo'lgandan leyin, pishgan go'shtli aralashmani aralashtiring. Ustiga pishloqni seping tekis qilib. 10 daqiqa duxovkaga solsangiz ham bo'ladi, men qozonni ichida qopqog'ini yopgandim:) 

Yoqimli ishtaha:)


 
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Baqlajon pishloqli taom
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz