Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Dushanba, 29.04.2024, 22:19
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » "Qorniyoriq-karnıyarık" bir baqlajon mo'jizasi:)
"Qorniyoriq-karnıyarık" bir baqlajon mo'jizasi:)
GuzalinaДата: Chorshanba, 27.03.2013, 11:50 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline


Baqlajonni men Universitetga kirgunimcha yemaganman, desam ko'pchilik kuladi, chunki Turkiyada baqlajon muhim sabzavotlardan biri. Yuzlab turi bor taomlarni, yana shirinligiga nima deysiz:) 

Bugun sizga ta'rifini keltirmoqchi bo'lgan taom "Karnıyarık"- nomiyam qiziq:) kelinlarning pazandaligini o'lchaydigan taomlardan biri, buni lazzatli pishirdingizmi, demak usta bo'libsiz...



Masalliqlar:

1. 6 dona o'rta kattalikda baqlajon. Shakli to'g'ri bo'lsa ichini yorishingiz ham oson bo'ladi.
2. 2 dona o’rtacha piyoz
3. 2 qoshiq tomat (yozda 2 dona pomidor ham bo’ladi)
4. 250 gr qiyma
5. 2-3 dona bolgarskiy, Bulgar qalampiri (uzunidan bormi, O’zbekistonda bilmadim)
6. 1-2 bo'lak sarimsoq
7. 1/3 stakan yog’ (stakan 250 ml)
8. 2 qoshiq margarin yoki saryog’
9. 2 stakan issiq suv
10. Ozgina petrushka (istakka ko’ra)
11. Tuz, murch, achchiq qalampir (istakka ko’ra) 

Tayyorlanishi: 

1.   Baqlajonlarni ola-bula qilib, yani boshdan boshlab ohirigacha ingichka qilib po’stini kesing. Keyin ichiga tuz solingan idishga yarim soat solib qo’ying. Baqlajonlarni suvdan chiqarib yaxshilab mo’l suvda yuving. Keyin sochiq bilan suvini quriting. Bo’lmasa yog’da qovurayotganingizda yog’ sachratadi.

2.   Tovada qizdirilgan yog’da baqlajonlarni kuydirmasdan qovuring. Rangi hafif pushti bo’lishi bilan boshqa taraflarini ham bir tekisda qovuring. Hamma tarafini yaxshilab yog’da qovursangiz ham yumshoq bo’ladi, ham achchiq joyi qolmaydi. 

3.   Pomidorlarning po’stini arching. 6 dona dumaloq shakl parrak qilib kesgandan keyin qolganlarini maydalab to’g’rang. 

4.   Piyoz va bolgarskiylarni ovqatga to’g’raganday to’g’rang. 

5.   Boshqa bir tovada margarin yoki saryog’ni eriting. Qiymani yog’da 3-4 daqiqa qovuring. 

6.   Piyoz va bolgarskiylarni ham qiymaga qo’shib  1-2 daqida qovuring.

7.   Pomidorlarni (mayda to’g’ralganlarini) yoki tomatning 1 qoshig’ini qovuring.

8.   Bor bo’lsa petrushkani solib qovuring.

9.   Qorishma qizara boshlaganda olovdan oling, ustiga tuz, murch va achchiq qalampirni va mayda to’g’ralgan sarimsoqni aralshtiring. 

10.   Baqlajonlarimiz yog’da qovurilgandan keyin sovugani qoldirgan edik. Ularni o’rtasidan qoshiqni orqasi yoki vilka bilan sekin sekin bostirib yoring. Yorishda diqqat eting, tagi teshilib qolmasin. 

11.   Yuqorida qovurib tayyorlagan qiymali masalliqni baqlajonlarni ichiga soling. Ustiga oldindan parrak holida kesib tayyorlangan pomidorlardan qo’ying. Agar bor bo’lsa, bolgarskiy aralsh ham qo’yishingiz mumkin. 

12.   Baqlajonlarni duhovkaning listiga yonma yon qilib tizing. Agar qiymali qorishmadan ortgan bo’lsa atrofiga yoyishingiz mumkin.

13.   2 stakan qaynoq suvni 1 qoshiq tomat, yarim qoshiq choy qoshig’i tuz bilan yaxshilab aralashtiring. Baqlajonlarning ustiga to’kib, 20 daqiqa duxovkada pishiring. 

14.   Meni teflon qozonim bor, keng bo’lgani uchun duxovkada emas shu qozonimda pishiraman. Osh bo'lsin...

MATN MUALLIFI ANSORA


 
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » "Qorniyoriq-karnıyarık" bir baqlajon mo'jizasi:)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz