Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Payshanba, 16.05.2024, 21:59
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Turk usuli yaproq sarma
Turk usuli yaproq sarma
GuzalinaДата: Chorshanba, 27.03.2013, 00:17 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline


Yaproq sarma, degani hayit degani, nikoh degani, to'y degani, hech bo'lmasa orziqib kutilgan mehmon keladi, degani Turkiyada. 

Sizlarga uzum yaprog'i sarmasi tayyorlanishini havola qilaman, marhamat:



Rasmdagisini bu hayitda 5 kishi o'ragandik:)

Masalliqlar (sarmani ichi uchun)

. Yarim kilo uzum yaprog’i
. 2 stakan guruch
. 3-4 dona yirik piyoz
. 3 tish sarimsoq
. 1 choy qoshig’i quruq garmdori (istakka qarab)
. 1 choy qoshig’i murch
. 1 choy qoshig’i qurutilgan yalpiz
. 3 dona o’rtacha pomidor (randalaysiz) 
. yarim stakan salat yog’i yoki zaytun yog’i. 
. tuz. 

Ustiga solish uchun:
. ½ stakan salat yog’i yoki zaytun yog’i. Zaytun yog’i uzum bargini yashillashtiradi. Qanchalik yashil bo’lsa, shunchalik chiroyli ko’rinadi:)
. 1 dona limon
. 3 stakan qaynagan suv

Tayyorlanishi:

Biz uyda uzum bargini  tuzlab qo’yardik. Yaproqlarni chiqarib yaxshilab yuving, tuzli suvda turgani uchun tuzlari ketishi kerak. Agar yozda qiladigan bo’lsangiz, barglarni past olovda qaynatib ezmasdan yumshatishingiz kerak. 
1.   Chuqurroq qozonga mayda to’g’ralgan piyozlarni soling. Pushti rang olguncha qovuring. 
2.   Keyin yuvilgan guruchlarni solib, qovuring. 
3.   10 daqiqalardan keyin randalangan pomidorlarni solib 2-3 daqiqa qovuring. Keyin istakka qarab tuz, sarimsoq va ziravorlarni soling. 
4.   Ustiga oz miqdorda suv quyib, guruchlar yumshaguncha (pishay deguncha) qovuring. 
5.   Olovdan olib, sovuting. 
6.   Tayyorlangan qorishmani uzum barglarini toshirib yubormasdan soling. 
7.   Qozonga bir tekis qilib joylang. Orasida joy qolmasligi kerak. Ustiga 0.5 stakan salat yog’ini aylantirib seping. 1 dona limonni kesib ustiga joylashtiring. Limon nordonlik beradi, sarmalar lazzatli bo’ladi. 
8.   3 stakan qaynoq suvni sarmalarni ustidan aylantirib to’king. Qozon qopqog’ini zichlab yoping. 
9.   O’rta olovda 30 daqiqa pishiring. 
10.   Sarma muzlatgichda 1 haftagacha aynimaydi. Zaytunyog’li bo’lgani uchun İsitishni ham hojati yo’q. 


RECEPT MUALLIFI ANSORA


 
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Turk usuli yaproq sarma
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz