Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Dushanba, 29.04.2024, 22:09
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Ko'k piyozli,kartoshkali bahor shabbodasiday yengil kotletla
Ko'k piyozli,kartoshkali bahor shabbodasiday yengil kotletla
GuzalinaДата: Seyshanba, 02.04.2013, 11:05 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline


Ko'k piyozni men "yashil piyoz" der ekanman Turk tilini ta'siri bilan, kecha sezib qoldim:) aslida kok-moviyku, bizda eskidan beri ko'k deyilgani uchun tilimiz moslashib ketgan ekan-da qarang:) ha mayli, sizlarni ko'p kuttirmay yengil shabbodaday kotletlarga o'ta qolay azizlar:) 



Masalliqlar:

3 dona kartoshka
100 gr qadar ko’k piyoz
300 gr qiyma
Yarim bog’ petrushka



1 dona tuxum
2 qoshiq irmik (mannaya krupa) –agar yo’q bo’lsa non maydasi solsangiz ham bo’ladi. Agar kartoshkangiz suvli bo’lsa, miqdorni ortirishingiz mumkin, yo’girganingizda bilinadi qancha miqdor solish kerakligi.
1 choy qoshig’i murch
1 choy qoshig’i zira
0.5 qoshiq tuz
Xohlaganlar garmdori solishi mumkin, men o’g’lim achchiq yemagani uchun totli bulg’ori maydasi soldim. 



Tayyorlanishi:

Kartoshkani qirg’ichdan o’tkazing, qolgan yashilliklarni to’g’rang, ichi keng va chuqurroq idishga butun masalliqlarni solib, 5 daqiqa qadar yo’g’iring. 




Qo’lga yopishmaydigan, bergan shaklingiz buzilmaydigan holga kelganda qorishmadan yong’oqday bo’laklar olib, kotlet shakllari yasang. 


Yana bir idishga un solib, kotletlarni unga botirib oling. 


Tovaga yog’ni solib, qizdiring va unga botirilgan kotletlarni 10 daqiqa qadar o’rta olovda pishirib oling. 



Kotletlar pishganda kartoshka va mannaya krupaning yordamida qanchalik ichi yumshoq ekanligini ko’rasiz. Kotletni yonida kecha tayyorlagan “Sevgi izhori” salatimni yedik, salat judayam muloyim (qirg’ichdan o’tkazilgani uchun) va mazali edi, tavsiya etaman 



Muallif Ansora


 
LeylaДата: Seyshanba, 02.04.2013, 13:26 | Сообщение # 2
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 402
Статус: Offline
оссонгина экан иншааллах килиб кураман рахмат Ансорапа
 
МадинаДата: Seyshanba, 02.04.2013, 19:24 | Сообщение # 3
Oshpaz yordamchisi
Группа: Пользователи
Сообщений: 85
Статус: Offline
Ансора опа рахмат рецепт учун тайёрлаб кураман
 
AnsoraДата: Chorshanba, 03.04.2013, 15:39 | Сообщение # 4
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Пользователи
Сообщений: 125
Статус: Offline
Assalomu alaykum. Qizlar albatta tayyorlab koringlar yoqadi, degan umiddaman:) usti qattiq koringani bilan yumshoq chiqadi:)
 
muhayoДата: Shanba, 06.04.2013, 22:16 | Сообщение # 5
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 233
Статус: Offline
Ansora rahmat ishqim tushdi kotletlarizga inshaAllah qilib kuraman
 
ЗийнатДата: Dushanba, 08.04.2013, 09:11 | Сообщение # 6
Pazanda
Группа: Пользователи
Сообщений: 24
Статус: Offline
Ассалому алйкум. Котлет мангаям жудая ёқди, копи қиволдим. Пишириб кўриш керак тееез кунларда. Одатда котлетларимиз усти сал қаттиқроқ чиқади, ичи юмшоқ бўлсаям. рахмат, рецепт учун.

"Севги изҳори" салати қаерда, топмадимку.  Айнан Ансора опамникидай дастурхон тузайлик, худди шундай маза топайлик десам, йўғуууу :))


Сообщение отредактировал Зийнат - Dushanba, 08.04.2013, 09:12
 
AnsoraДата: Dushanba, 08.04.2013, 11:44 | Сообщение # 7
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Пользователи
Сообщений: 125
Статус: Offline
Valaykum assalom Ziynatxon, forumga joylab qoydim salatni:) 

http://guzal-taom.ucoz.ru/forum/72-221-1#976
 
ЗийнатДата: Seyshanba, 09.04.2013, 15:16 | Сообщение # 8
Pazanda
Группа: Пользователи
Сообщений: 24
Статус: Offline
Ассалому алайкум. Рахмат, Ансора опа. smile Кириб кўрдиммм, салатни кўринишиниям боплабсизда smile ҳамма кўриб олганидан кейин аралаштирилишига эса гап йўқ wink

(Қатламангизния кўриб оҳ-оҳ девордим, парҳездаманда, бўлмаса албатта пиширардикда, маза қилардик ))
 
FORUM » Turk oshxonasi » Quyuq taomlar » Ko'k piyozli,kartoshkali bahor shabbodasiday yengil kotletla
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz