Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Payshanba, 02.05.2024, 16:30
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Dessertlar » Turli dessertlar » Sumalak.
Sumalak.
OyshanurДата: Chorshanba, 27.03.2013, 21:49 | Сообщение # 1
Hurmatli Mehmon
Группа: Пользователи
Сообщений: 5
Статус: Offline
Assalomu alaykum.
Bismillah deb boshladim. 
Eng avval bugdoy undirishdan boshlaymiz.Men 1kg qildim.Bu miqdordan menda 9l.cha sumalak chiqdi.
Yozadigan masalliqlarim ham shu 1kg bugdoyga muljallangan buladi.

Bugdoyni avval singanlarini terib olasiz va yaxshilab yuvib, 1kechaga yoki 10-15 soatga ivitib quyasiz.



Keyin bugdoy sal shishib qoladi.Hatto ychidan sal burtib ham qoladi.



Keyin suvini tukib birorta paxtalik matoga urab, dasturxonga urab quyasiz. Tahminan bir kechaga.Orada 1-2suv purkab quysangiz ham buladi qurub qolmasligi uchun. Bazilar taxtaga tugridan tugri yoyisharkan.Lekin men shu usulda urganganim uchun shuni qullayman.Mato ichida bugdoy nish urib kichkina oq tomirchalar chiqarib qoladi.Huddi shu holatda tozalab yuvilgan taxta ustiga tahminan 1.5sm cha qalinlikda yoyasiz.



Shu holatda qorongu xonaga quyib quyasiz.Bazilar ustiga mato ham yopishar ekan, lekin men hech nima yopmayman.
Boshida 3kuncha 3mahaldan suv quysayiz buladi.Imkon bulsa taxtani saaal qiya qilib quysayizam buladi, suvi tuplanib qolmasligi uchun.
Unish tezligi hona temperaturasiga bog'liq.
3-4kundan to 1haftagacha bulishi mumkin.Masalan meni oxirgi qilganim 3kunda undi.
Nihollari ignadek bo'lganda tayyor bo'ladi.



Bugdoy tagi oppoq bulib oqarib ketishi kerak.Aynan shu oq ildizlaridan chiqqan shira shirinlikni beradi.





Endi navbat sumalakni qozonga solishga keldi.
Buning uchun bizga kerakli mahsulotlar.

4kg un. (bazilar 3kg ham 3.5 kg ham solisharkan.) Tajribamdan kashf qilganim 1kg shiraga nisbatan un kamroq bulsa qizilroq, kuproq bulsa jigarrangroq chiqar ekan.
600gr o'simlik yog'i
Bo'lsa tosh yoki yong'oq.(lekin men hech narsa somadim)

Shunindek blender yoki qiymalagich
Mikser yoki chovli

Mendagi idishli blender asosan suyuqroq massani blend qilgani uchun men bugdoy niholini solgach ozroqdan suv quyib qildim.Siz ham o'zingizni sharoitingizdan kelib chiqib, nihollarni qiymalaysiz.Faqat shu sharti nihol yaxshilab ezilib, suvga aralashib shirasi chiqishi kerak.Agar oddiy qiymalagichda qiymalasangiz, ezilgan niholni suvga solib, yaxshilab chayib, nihollarni qulda siqib shirasini ajratib olasiz.Endi meni usulimga qaytsak.
Men nihollarni bo'laklab 



Blenderga tahminan 600-700ml. suv bilan soldim va aylantirib



Keyin uni suzgichdan suzib, nihollarni qo'limda siqib oldim





Shu holatda bug'doyni bir karra qiymalab suvga solib 1-shirasini ovolasiz.Tahminan 8-10l.cha suvli shira olsangiz bo'ladi.
Istasangiz 2-shirasini ham shu tahlit olib qo'ying, yoki ulgurishga ko'zingiz yetsa sumalakni qozonga solib olsangiz ham bo'ladi.

Endi navbat qozonga solishga.

1kg.lik bugdoy uchun agar bemalol sigib pishsin desangiz tahminan 15l. Lik qozon bo'lsa juda yaxshi.
Menda esa 1ta 10l.lik bitta 5l.lik qozon edi shuning uchun 2tada pishirib, oxirida qo'shib birga damladim.
Agar qozonim kichkina 1ta desangiz, unini yuqorida yozganimdek 3kg. solib qilsa ham bo'ladi.
Men avval 1ta qozonga yog'ni quydimda, biroz qizdirib, ustiga 1-shirani siqqunicha quydim va katta plastmassa idishga shu massani quyib oldim.Ustiga elangan unni solib, 1ldan shirani quyib turib mikserda aralashtirdim.2-qilishimda esa qo'lda ezib, suzgichdan suzvoldim.Hullas qaysi biri sizga qulay bo'lsa shuni qiling.Menimcha esa, mikserda ishingiz ancha oson bo'ladi.Sharti massa toki suyuqroq kasha holiga kelguncha shirani quyasiz.Tahminan 8-9l.cha ketdi menda.
Sumalagingiz tekis, chiroyli chiqishi uchun yaxshilab aralashtirishingiz kerak toki un qumoqlari qolmasin.Yaxshi aralashgach, 2ta qozonga bo'lib, yoki qozon katta bo'lsa bu jarayonni qozonni o'zida qilsangiz ham bo'ladi.
Shu holatda baland olovga qo'yadiz va to qaynab chiqquncha tinmay aralashtirib turasiz.Shu jarayonda massa boshida  sal quyilganga uxshashi mumkin.Lekin tagi qizigani sari yana suyulib, bir xil massaga aylanadi.
Maslahatim, agar 2ta qozonda qilsangiz va yordamchilaringiz bo'lmasa birdan 2ta qozonni olovga qo'ymang.Oldin 1tasi qaynab chiqsin, keyin 2-sini qo'ying.
Qaynab chiqqach, sumalak huddi sutdek toshishi mumkin.Bu payt darhol olovni pasaytirib cho'mich yoki krujkada massani shopirib turing.Toshishi ozroq so'ngach, olovni sal ko'tarib nazorat qilib turing.O'zi ozroq qaynab ozaygach, toshmaydigan bo'ladi va olovni baland qilib qo'yasiz.
Mana 1-chi bosqichi.



Shu bilan qaynab turaveradi.Hadeb kavlashingiz shart emas.Toki sal ozayib massa quyula boshlagach, tez tez habar olib, kavlab tekshirib turasiz.Tagi omasligiga judayam ehtiyot bulis kerak. Agar tagi ozroqdan yopishayotganini sezishingiz bilan, endi tinmay kavlab turasiz.Eng nozik joyi shu yer.Men kavlashdayuzasi tekis taxta qoshiq ishlatdim.
Sumalakni tinmay kavlar ekansiz, massa ozayib, sekin rang kira boshlaydi.Toki rangi irisdaka bulib, rossa quyulib ketguncha kavlab turasiz.Tagini oldirishdan jusa ehtiyot bo'ling.Aks holda sumalakka taxir ta'm berishi mumkin.A lekin erta kunda suv ham quyib qo'ymang, sumalakni rangi chiroyli bo'lishi aynan shu joyiga bog'liq ko'proq.
Mana shu holatlarga kelsa 2-shirani quysangiz bo'ladi.



Shu holatga kegandan keyin 2-shirani ham quyasiz.Men tahminan 9-10l. quydim.
Lekin UmmMubina opa ham, o'zlari bilmagan holda zo'r usul qildilar.Qozonlari kichkina ekan, 3kg. un solibdilarda 1-2l.dan quyib turaveribdilar.Sal ozayishi bilan quyaveribdilar.Ularniki ham juda chiroyli chiqqan.
Hullas, bu shirani ham quygach, to qaynab chiqquncha kavlab turasiz va qaynab toshgach, olovni sal pastlatib, yana shopirasiz va biroz qaynab olgach yana olovni kutarasiz.Shu bilan o'zi qaynab yotaveradi.Bu safargi qaynab quyulganda juda tagi olar darajaga obormasdan 3-shirani quysangiz bo'ladi.Bu 3-suyuqlik quyishimiz bo'ladi.Bu jarayonda ham 9-10l.cha quydim.Yanayam qozonni kattaligiga qarab ozroq ham quyaverasiz.Lekin norma shu.
Aslida bu norma, boshida unga qancha shira quyganingizni ulchab olishingiz kerak.Un to suyuqroq kasha holiga kelguncha qancha shira ketsa, keyingilariga ham shunchadan shira yoki suv quyiladi.

Mana keyingi bosqichlari.
Ancha rang kirib qolgani.







Shu tariqa 3-shira ham tugaydi va 4-5:bosqichlariga endi shuncha miqdorda suv quyasiz.Boshidagi unga solgan shiramizni suyuqligini hisobga olganda 5marta suyuqlik quydim.

Oxirgi qaynovida, unchalik quyultirmay damlashingiz kerak.Chunki keyinri q sovugach va holodilnikda turib quyulishini ham hisobga olishingiz kerak.Damlashda olovni o'chirib, ustiga biror sochiqni yopib, ustidan qopqoqni yopib bir necha soatga damlab qo'yasiz.
Sumalak tayyor.Holodilnikka qo'yib muzdelkina qilib yesangi yanada mazali bo'ladi.
Men umumiy hisobda tahminan 45l.cha suv quyibman.1-qikishimda 15soat, 2-sida esa 13 soatcha qaynatdim.Qanchada tayyor bo'lishi olovni balandligi, qozonni kattaligi va sumalakni ko'p yoki ozligiga ham bog'liq.
 
Bunisi 2-marta qilganim.1-siga nisbatan rangi ochroq chiqdi.Chunki 900gr. bugdoyga 1kg.ni mahsulotini solib qilgan edim.Lekin judayam mazali chiqdi.  



Сообщение отредактировал Oyshanur - Chorshanba, 27.03.2013, 21:50
 
GuzalinaДата: Chorshanba, 27.03.2013, 22:27 | Сообщение # 2
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
BRAVOOOOO  love love

 
LeylaДата: Chorshanba, 27.03.2013, 22:56 | Сообщение # 3
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 402
Статус: Offline
Рахмат Ойшанур ,отчетларимниям куяман иншааллах Алло х рози булсин
 
RumaysoДата: Payshanba, 28.03.2013, 14:14 | Сообщение # 4
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 460
Статус: Offline
thumbup flowers
 
ЗийнатДата: Payshanba, 28.03.2013, 15:31 | Сообщение # 5
Pazanda
Группа: Пользователи
Сообщений: 24
Статус: Offline
Барака топинг, Ойшанур. Жудаям зўр мастер-класс қилибсиз smile
Файзни боши бўладида сумалак пишириш маросимлариям. Уйингизда ҳам ўзгача кайфият бўлгандир? Қўлингиз дард кўрмасин!
 
LeylaДата: Payshanba, 28.03.2013, 20:02 | Сообщение # 6
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 402
Статус: Offline
Олдин росса кийин деб уйлардим сумалак пиширишни...
билгим хам келмасди кандай пиширилишини..
Ойшанур сизни мастер классингиздан сунг кулим анча келиб колди сумалак пиширишга  smile
Машааллах барака топинг оссонгина тушунтиргансиз
 
FORUM » Dessertlar » Turli dessertlar » Sumalak.
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz