Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Seyshanba, 30.04.2024, 11:01
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Turk oshxonasi » Dessertlar » Köstebek (Yumronqoziq) torti
Köstebek (Yumronqoziq) torti
GuzalinaДата: Chorshanba, 27.03.2013, 14:41 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
[/url][url=http://www.radikal.ru/]


Bu  tort yumronqoziqning yerni kavlab tuproqni tepaga chiqarib qo’yishiga o’hshatiligani uchun shunday nomlansa kerak. Kavlagan joyiga ham bir narsalar yashiradi 

Qaynim Halil İbrohim bu tortni o’rganishimga sabab bo’ldi. Qo’sni ayol bu tortdan olib kelgan ekan, u  juda yoqtiribdi, qayinvolidam ham qo’lidan kelguncha kichik kekslarni ichiga toyyor kremni qo’yib tayyorlashga harakat qilibdi, lekin Halil İbrohim “baribir qo’shnimiznikidaka bo’lmabdi, degan ekan, tabiiy holda qaynonam bechora hafa bo’libdi. Men ham siz hafa bo’lmang, keyingi iftorda biznikiga kelinglar, Halil İbrohimga surpriz qilaman, dedim. Xudoga shukur, uyaltirmadi. Birinchi marta qilishimga qaramay hammaga yoqdi. Sizlarga ham o’rganishi oson va hazmi qulay bo’lgani uchun yozishga qaror berdim. Qani boshladik 

Masalliqlar: 

Keksi uchun:

1.   3 dona tuxum
2.   1.5 stakan shakar
3.   1 stakan sut (200ml)
4.   Yarim stakan salat yog’i (semechka yog’i) 
5.   1 paket vanilin 5gr
6.   1 paket karbonat (chaynaya soda deyilardi shekilli) 10 gr
7.   2.5 stakan un
8.   1 paket kakao, 25 gr, agar bo’lsa “dr oetker” marka, juda sifatli

Kremi uchun:

1.   5 stakan sut
2.   4 ovqat qoshig’i un yoki 2 qoshi un, 2 qoshiq kraxmal
3.   2 paket vanilin
4.          3-4 qoshiq shakar
5.   1 paket “krem shanti” Turk marketlarida, masalan eski “Sharq mir’da bo’lishi shart.

Orasiga agar xohlasangiz banan, kivi, pista qo’yishingiz mumkin. Men biznikilar tortda meyva yoqtirishmagani uchun qo’ymadim:) 

Tayyorlanishi:

1.   Keks uchun tuxum va shakarni aralshtirib yaxshilib mikserda ko’pirtiring.  Ketma ket sut, vanilin, yog’ni solib qorishtirishga davom eting. Un va karbonatni soling yana qorishtiring. Eng ohirida kakaoni solib aralashtiring. Tayyor bo’lgan qorishmani dumaloq keks qolibiga solib, 180 C’ da isitilgan duxovkaga qo’yib pishiring. 
2.   Kremi uchun sut, vanilin va unni qozonga soling va o’rta olovda davomli aralshtirib pishiring. Krem tayyor bo’lgandan 5 daqiqa so’ngra esa krem shantini aralashtiring. 
3.   Keks pishib sovugandan keyin (30 daqiqa so’ngra) o’rtasidan 2 sm o’ying. 
4.   O’ygan joyingizdan chiqqan keks parchalarini robotta yoki qo’lingizda yaxshilab maydalang. Keksning o’rtasiga banan yoki shunga o’hshash meva yoki pista qo’yishga qaror bergan bo’lsangiz yonma yon tizing. Ustiga kremni to’king. Egn ustiga krem uvog’ini seping. Ustiga hohlasangiz Hindiston yong’ogi seping.
5.   Muzlatgichda 3-4 soat sovuting. (Kremi qotishi kerak chunki)

MUALLIF ANSORA


 
FORUM » Turk oshxonasi » Dessertlar » Köstebek (Yumronqoziq) torti
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz