Guzalina | Дата: Juma, 28.02.2014, 00:24 | Сообщение # 1 |
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
|
Receptni qadam ba qadam rasmga ola olmadim, ammo masalliqlar biroz farq qiladi, oddiy chuchvaradek tugib yog'da qovurib olinadi. Oson juda ham, mazzasi esa og'izda eriydi, recept uchun Munisaopamlarga alohida tashakkur bildiraman, Allah rozi bo'lsin!!
Demak hamiri uchun:
* 1 kosa suv
* 1choy qoshiq tuz
* yarim piyoladan ko'proq oq yog'
* yarim piyoladan ko'proq margarin
* yumshoq hamir bo'lguncha un
Qiymasi hohishga qarab:
Ko'klardan (yalpiz ismaloq piyoz)
Go'shtdan ( qiyma+piyoz)
Kartoshkadan ( pyure )
Kartoshkadan va ko'klardan (meni usulim shu kartoshkani pishirib tuz va o'katlar solib blendrda pyure shakliga keltirib oldim)
Tayyorlash:
Hamirni yoyib huddi chuchvara tuggandek tugamiz, ammo chetlarini yaxshilab yopishtiring, aks holda qovuryotganingizda ochilib ketishi mumkun. yog'ni qozonga ko'proq solib, qizartirib olamiz, va yoqimli ishtaxa!!! p.s: meni chuchvaralarim har hil tugilgan bolalar qiziqishi uchun :)
|
|
|
Эти 0 пользователя(ей) поблагодарили Guzalina за это полезное сообщение: |
|
|