Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Juma, 29.03.2024, 11:47
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Turk oshxonasi » Suyuq taomlar » "Yayla" sho'rvasi yoki Qatiqli sho'rva:)
"Yayla" sho'rvasi yoki Qatiqli sho'rva:)
AnsoraДата: Dushanba, 08.04.2013, 12:24 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Пользователи
Сообщений: 125
Статус: Offline
Assalomu alaykum

Ilgari bu sho'rvamni rasmini joylagandim, lekin sahifalar ko'pligi uchun topa olmadimi kecha rasmga olishga erindim:) vaqt tig'iz edi. Joylayman inshalloh:) hozircha bunday mazali, foydali sho'rvani tayyorlanishini yozib turay, vaqt o'tkazmay darrov pishirib ko'ring. 

Masalliqlar:

4 stakan suv (800 ml)
5 qoshiq guruch
1 stakan (200ml) qatiq
1 qoshiq un
1 dona tuxumni sarig'i
Tuz

Sousi uchun:

2 qoshiq saryog'
1 qoshiq quritilib, maydalangan yalpiz (nane)

Tayyorlanishi:

4 stakan suvimizga guruchni solib pishirib olamiz. Bir idishga qatiq, tuxumni sarig'i va unni solib yaxshilab aralashtiring. Guruch pishay deganda 2-3 qoshiq sho'rvani suvidan qatiqli aralashmani ichiga solib, aralashtiramiz. Bu qorishmani sho'rvani suviga solamiz. Qaynab chiqqandan keyin 2-3 daqiqa aralashtiring. 

Sous:

Saryog'ni qizdirib, ichiga yalpizni solib, 2-3 daqiqa qovuring. Issig'ida sho'rvani ichiga soling, aralashtiring. Xohlasangiz kosalarga sho'rvani solib, sousini ustiga to'king, yana ham chiroyli ko'rinadi. Men o'g'limga yedirganim uchun sousini aralashtiraman. 

Qo'shimcha:

Sho'rvani suviga qatiqli aralashmani solgandan keyin muttasil aralashtirib turing. Bo'lmasa qatiq Turkcha aytganda "kesilib" qoladi. Sho'rvani tuzini sho'rva pishib bo'lgandan keyin soling, bo'lmasa qatiq yana "kesishi" mumkin. 

Yoqimli ishtaha:) 

 
LeylaДата: Seyshanba, 09.04.2013, 14:34 | Сообщение # 2
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 402
Статус: Offline
Ансорапа  шу шурвангиздан юрак ютиб килолмадим , рахмат секретлари билан езибсиз...секретларини билмаганим учун куркиб турардим
 пиширишга
 
GulilolaДата: Seyshanba, 09.04.2013, 16:15 | Сообщение # 3
Pazanda
Группа: Пользователи
Сообщений: 21
Статус: Offline
Енгилгина, осон хазм буладиган таомга ухшайди. Гуруч ва катик аралашмаси мани жону дилим. Рахмат рецепт учун
 
AnsoraДата: Seyshanba, 09.04.2013, 16:31 | Сообщение # 4
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Пользователи
Сообщений: 125
Статус: Offline
Qatiqni turiga, suviga qarab ham har xil chiqadi bu shorva, menga hamma xili yoqadi:) ayniqsa ustidagi saryogli sousini boshqacha yaxshi koraman:)
 
GulilolaДата: Juma, 12.04.2013, 16:24 | Сообщение # 5
Pazanda
Группа: Пользователи
Сообщений: 21
Статус: Offline
Ассалому алайкум, бугун шу таомни тайёрладим. Пропорцияларини аник рецептда ёзилганидек солиб килдим, аввал суюк килиб куйдимми деб хавотир олдим, аммо дам егач куюлиб, жуда чиройли булди. Мазаси иссигида хам совугида хам бирдек мазали буларкан. Дам олиш кунлари киламан, бемалол деб юргандим. Бугун вактим борлигига, эртани кутиб утирмай шу шурва билан Лейла опамни лавашли хонимидан килдим. Ишга кетгунча иккаласига хам улгурганимга ва иккала таом хам мазали чикканидан хурсанд булдим. (фотоотчет кейинрок). Яна бир бор рахмат.
 
AnsoraДата: Juma, 12.04.2013, 18:41 | Сообщение # 6
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Пользователи
Сообщений: 125
Статус: Offline
Valaykum assalom. Yoqqanidan xursandman, chaqqon kelin:)
 
FORUM » Turk oshxonasi » Suyuq taomlar » "Yayla" sho'rvasi yoki Qatiqli sho'rva:)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz