Guzalina | Дата: Seyshanba, 18.03.2014, 23:41 | Сообщение # 1 |
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
|
Ko'pchilik juda sevib iste'mol qilishadigan dessertlardan biri bu olmali SHtrudel dessertini bugun sizlarga taqdim etaman, aslida "shtrudel"ni nachinkasini har hil qilishadi masalan tvarog yoki nok.. yongoq kim qanaqa hohlasa lekin klassik nachinka olma va menimcha olmali nachinkaga yetadigani yoq...
Kerakli masalliqlar
hamiri uchun:
*250 gr un
* chimdim tuz
*1ta tuhum
*1osh qoshiq salat yogi
*2 osh qoshiq margarin eritilgan
*yarim stakan iliq suv
* yarim choy qoshiq uksus
Nachinkasiga:
*5-6ta yashil olma
*yarim stakan shakar
*1 choy qoshiq dolchin (korica, cinnamon)
*1 hovuch magiz
*1 hovuch yongoq yoki bodom
* 4 dona pechenya (saryoqda qovurib olamiz)
* 4 osh qoshiq saryoq xona haroratida
Ustidan surtish uchun:
* 1ta tuhum sarigi
* 1-2 osh qoshiq sut (men qaymoq qoshtim)
Tayyorlash:
tuhum+yog'+margarin+tuz+uksus+un hamir qorib olamiz, ustiga yana margin yoki yog surtib ustini yopib nachinka tayyorlashga otamiz.
Olmalarni archib parrak qilib to'grab olamiz. shakarga dolchinni qoshib aralashtirib olamiz. pechenyalarni maydalab saryoqda qovurib olamiz.
Hamirni yoyamiz, yarim qarich joyini pichoqda belgilab qoyamiz (nachinka solmaymiz u yerga)
hamirga 2 osh qoshiq saryoq surtamiz, ustidan pechenyalarni sepamiz, chizgan chiziqdan utmasdan.
so'ng olma, dolchinli shakar, magiz, yong'oq... va qolgan 2 osh qoshiq saryoqni to'grab uyo buyog'iga qoyamiz, va astalik bilan rulet shaklida o'raymiz.
nachinkasi yoq hamirli tarafi tagida qoladi. listimizga ozgina saryoq surtib ruletni listga qo'yib ustidan tuhum sarig'iga sut aralashtirib surtib chiqamiz.
va 160C da qizib turgan duhovkada tahminan 35-40 minut pishiramiz.
SHtrudel iliq bo'lganda kesib muzqaymoq bilan dasturxonga tortamiz, men sovugan bo'lsa albatta isitib so'ng muzqaymq qoyib tortaman. va yoqimli ishtaxa!!!
|
|
|
Эти 0 пользователя(ей) поблагодарили Guzalina за это полезное сообщение: |
|
|