Меню сайта

Статистика

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


Guzalinaning oshxonasiga hush kelibsiz!!!


Shanba, 20.04.2024, 05:02
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
FORUM » Shirasiz pishiriqlar » Turli hil shirasiz pishiriqlar » XINGLASH (CHechenlari taomi)
XINGLASH
GuzalinaДата: Yakshanba, 02.02.2014, 20:36 | Сообщение # 1
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline


Chechen millatiga mansub bu ajoyib qovoqli "Hingalsh"  nonchalari, oddiy bug'doy uni yoki makkajo'xori unidan tayyorlanib nachinkasiga qovoq solinadi. Juda mazali, mayin hammangizga tayyorlab ko'rishingizni tavsiya qilgan bo'lar edim...

Bizga kerak bo'ladigan maxsulotlar:

Hamiri uchun:

* bug'doy uni 600gr
* qatiq 500ml
* soda 1gr
* uksus
* tuz 2,5gr


Qiymasi uchun:

* qovoq 650gr
* shakar 75gr
* suv 150ml
* piyoz 120gr
* tuz 2,5gr
* saryoq 150gr
* timyan (chabrec)


Tayyorlash:

Hamiri:
 
Unga biroz isitilgan qatiqni qo'shamiz, tuz solamiz, uksus+sodani solamiz, va yumshoq hamir bo'lgunicha qoramiz. (Hamir "bilyashi"ni hamiridey mayin bo'lishi lozim.)








Hamirni zuvalachalarga bo'lib 


Yoyib chiqamiz ( hamir juda ingichka yoyilgan bo'lishi kerak) 
Qulda yoki uqlovda yoysa buladi






Qiymasi:
Qovoqni urug'idan tozalab, bo'lakchalarga bo'lib, qozonga tahlab chiqamiz, ustidan qaynoq suv solib, qopqog'ini yopib pishirib olamiz. 
(suvni: 5 kg qovoqga 1lt suv hisobi bilan moslashtirib solamiz.)




piyozni maydaroq to'g'rab yog'siz qovurib olamiz ( qovurmasdan xomligicha solsa ham bo'ladi)


Pishgan qovoqni po'stidan ajratib blenderda pyure qilamiz, tuz, shakar, timyan, qovurilgan piyozni qoshib aralashtiramiz.




Hamirni yarim qismiga qiymamizni solib, ikkinchi yarmi bilan yopamiz,  yarimoy shaklida. qo'limiz bilan hamir atrofini  yaxshilab yopamiz




Qizigan tovada yog'siz qizartirib qovurib olamiz




Sochiq tagiga tahlimiz


 qaynoq suvga tez botirib olamiz 


Har biriga eritilgan saryoq surtib, ustma-ust tahlaymiz.




Dasturhonga tortishdan oldin 3-6-9 qisimga kesamiz, va alohida idishda eritilgan saryoq bilan tortamiz. Yoqimli ishtaxa!!!


P.S: Men 1lt qatiqga hamir qordim va 50ta "Hingalsh" chiqdi


RECEPT MUALLIFI: UMM MUBINA OPAGA ALOHIDA TASHAKKURLARIMIZNI BILDIRAMIZ


 
FORUM » Shirasiz pishiriqlar » Turli hil shirasiz pishiriqlar » XINGLASH (CHechenlari taomi)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Форма входа

Поиск

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 Создать бесплатный сайт с uCoz