Bu receptni russ saytdan olgandim afsus receptni qaysi saytdan
olganimni topolmadim((( ammo mazzasi mmm... juda ham mazzaliy...
menimcha men yegan napaleonlarning eng shirini shu bo'ldi masha Allah.
Masalliqlar:
Hamiri uchun:
*100ml sovuq suv
*1stakan shakar
*2 osh qoshiq eritilgan saryog'
*2-3ta tuhum (katta kichikligiga qarab)
*2/3 ch.qoshiq soda (uksus kerak emas)
*chimdim tuz
*3ta stakan un +/-(qolga yopishmaydigan hamir bo'lguncha)
Kremiga:
*1 bonka sgushenka
*200 gr hona haroratida saryog'
*piyola qaymoq
Tayyorlash:
Tuhumlarni shakar bilan ko'pirtirib olamiz, saryog', tuz, soda, suv
hammasini solib yana kopirtirib 2,5 stakan un solin hamir qoramiz.
kamlik qilsa qoshamiz qolgan un korjlarni yoyishga kerak boladi.
Hamirni 10ta bo'lakga bo'lamiz.
Qogozdek ingichka yoyib olamiz
Qizigan tovaga qoyamiz (tova quruq bolishi kerak)
Mana bundan ishib chiqanda orqasini o'girib shu tariqa hamma korjlarni pishirib olamiz.
Pishgan korjlarni bir hil shakilda kesib olamiz. (issiqligida kestim
man pishishi bilan kesib qoyvurdim dumaloq qilib bir hil qilib) va korjlar soviguncha kremni tayyorlab olamiz.
Xona haroratida erigan saryoqni mixerda aralashtiramiz bir hil massa
bulganda sgushenkani quyamiz va qaymoqni ham krem holiga kelganda
mixerni uchiramiz krem tayyror!
Korjlarni kremlab...
Atrofidan qolgan hamirni qolda uqalab sepib chiqamiz. va tortni 2 soaga xolodilnikda qoldiramiz!!! Yoqimli ishtaxa!!!