Guzalina | Дата: Yakshanba, 02.02.2014, 20:36 | Сообщение # 1 |
Ustoz, SHef oshpaz
Группа: Administrator
Сообщений: 774
Статус: Offline
|
Chechen millatiga mansub bu ajoyib qovoqli "Hingalsh" nonchalari, oddiy bug'doy uni yoki makkajo'xori unidan tayyorlanib nachinkasiga qovoq solinadi. Juda mazali, mayin hammangizga tayyorlab ko'rishingizni tavsiya qilgan bo'lar edim...
Bizga kerak bo'ladigan maxsulotlar:
Hamiri uchun:
* bug'doy uni 600gr * qatiq 500ml * soda 1gr * uksus * tuz 2,5gr
Qiymasi uchun:
* qovoq 650gr * shakar 75gr * suv 150ml * piyoz 120gr * tuz 2,5gr * saryoq 150gr * timyan (chabrec)
Tayyorlash:
Hamiri: Unga biroz isitilgan qatiqni qo'shamiz, tuz solamiz, uksus+sodani solamiz, va yumshoq hamir bo'lgunicha qoramiz. (Hamir "bilyashi"ni hamiridey mayin bo'lishi lozim.)
Hamirni zuvalachalarga bo'lib
Yoyib chiqamiz ( hamir juda ingichka yoyilgan bo'lishi kerak) Qulda yoki uqlovda yoysa buladi
Qiymasi: Qovoqni urug'idan tozalab, bo'lakchalarga bo'lib, qozonga tahlab chiqamiz, ustidan qaynoq suv solib, qopqog'ini yopib pishirib olamiz. (suvni: 5 kg qovoqga 1lt suv hisobi bilan moslashtirib solamiz.)
piyozni maydaroq to'g'rab yog'siz qovurib olamiz ( qovurmasdan xomligicha solsa ham bo'ladi)
Pishgan qovoqni po'stidan ajratib blenderda pyure qilamiz, tuz, shakar, timyan, qovurilgan piyozni qoshib aralashtiramiz.
Hamirni yarim qismiga qiymamizni solib, ikkinchi yarmi bilan yopamiz, yarimoy shaklida. qo'limiz bilan hamir atrofini yaxshilab yopamiz
Qizigan tovada yog'siz qizartirib qovurib olamiz
Sochiq tagiga tahlimiz
qaynoq suvga tez botirib olamiz
Har biriga eritilgan saryoq surtib, ustma-ust tahlaymiz.
Dasturhonga tortishdan oldin 3-6-9 qisimga kesamiz, va alohida idishda eritilgan saryoq bilan tortamiz. Yoqimli ishtaxa!!!
P.S: Men 1lt qatiqga hamir qordim va 50ta "Hingalsh" chiqdi
RECEPT MUALLIFI: UMM MUBINA OPAGA ALOHIDA TASHAKKURLARIMIZNI BILDIRAMIZ
|
|
|
Эти 0 пользователя(ей) поблагодарили Guzalina за это полезное сообщение: |
|
|